«gaz importi» tegli maqolalar


O‘zbekiston birinchi chorakda 360,2 mln dollarlik gaz import qildi
24 aprel 2024, 12:09

O‘zbekiston birinchi chorakda 360,2 mln dollarlik gaz import qildi

2024-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga gaz importi 360 mln dollardan oshdi (martda — 152,9 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar ko‘pdir. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 45,4 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 314,8 mln dollar bo‘ldi.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 2024-yilda uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda
28 mart 2024, 11:18

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 2024-yilda uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazi importini uch baravar oshirishni reja qilmoqda, deb yozmoqda “TASS”.

O‘zbekiston yil boshidan beri 166,7 mln dollarga gaz import qildi, Xitoyga 57,3 mln dollarlik gaz sotdi
27 mart 2024, 14:56

O‘zbekiston yil boshidan beri 166,7 mln dollarga gaz import qildi, Xitoyga 57,3 mln dollarlik gaz sotdi

2024-yilning ilk ikki oyida O‘zbekistonga gaz importi 166,7 mln dollarni tashkil qildi. Bu davrda mamlakat 26,7 mln dollarlik gaz eksport qilgan bo‘lsa-da, Xitoy O‘zbekistondan 57,3 mln dollarlik gaz import qilganini bildirdi, bu O‘zbekiston tomoni bergan raqamlardan ikki baravar ko‘pdir.

O‘zbekiston Rossiya gazi importini oshirish uchun 500 mln dollar ajratishni rejalashtirmoqda
20 fevral 2024, 20:20

O‘zbekiston Rossiya gazi importini oshirish uchun 500 mln dollar ajratishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati “shimoldan” gaz importi hajmini oshirish uchun magistral gaz tizimini 500 mln dollarga modernizatsiya qilmoqchi. O‘zbekiston hozirda bu yo‘nalish orqali Rossiya gazini oladi. Yetkazib berish hajmini kuniga 9 mln kub metrdan 32 mln kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan.

Siyosiy omillarga bog‘lash noto‘g‘ri deb o‘ylayman, bu tijoriy munosabat — Energetika vaziri Rossiyadan gaz importi haqida
28 noyabr 2023, 16:01

Siyosiy omillarga bog‘lash noto‘g‘ri deb o‘ylayman, bu tijoriy munosabat — Energetika vaziri Rossiyadan gaz importi haqida

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Turkmanistondan gaz import qilish bilan parallel ravishda uzoqroqda bo‘lgan Rossiyadan ham gaz import qilayotgani haqida gapirib, masalaning siyosiy oqibatlariga izoh berdi. “Siyosiy omillarga bog‘lash noto‘g‘ri deb o‘ylayman, bu tijoriy munosabatlar”, dedi u.

O‘zbekiston gazni eksport qilishdan ko‘ra ko‘proq import qildi. Sentabrda mamlakatga 286 mln dollarlik gaz olib kirildi
23 oktabr 2023, 18:00

O‘zbekiston gazni eksport qilishdan ko‘ra ko‘proq import qildi. Sentabrda mamlakatga 286 mln dollarlik gaz olib kirildi

To‘qqiz oy ichida O‘zbekiston gazni eksport qilishdan ko‘ra ko‘proq import qildi. Birgina sentabr oyida 286,1 million dollarlik gaz sotib olindi, bu avvalgi sakkiz oyga nisbatan 40 foizga ko‘pdir.

O‘sish 7,2 barobarmi? Gaz importi bo‘yicha Statistika agentligi va Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari farq qilmoqda
20 sentabr 2023, 21:53

O‘sish 7,2 barobarmi? Gaz importi bo‘yicha Statistika agentligi va Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari farq qilmoqda

Iqtisodiyot vazirligi olti oyda 2,6 mlrd kub metr — 2022-yilning shu davriga nisbatan 7,2 barobar ko‘p gaz import qilganini bildirdi. Bu Statistika agentligi ma’lumotlaridan farq qiladi va MB rahbarining gaz importi tufayli budjet taqchilligi oshgani haqidagi so‘zlariga qisman oydinlik kiritishi mumkin.

Birinchi yarim yillikda budjet xarajatlarining ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq — Mamarizo Nurmuratov
27 iyul 2023, 20:08

Birinchi yarim yillikda budjet xarajatlarining ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq — Mamarizo Nurmuratov

Markaziy bank raisi O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda budjet xarajatlari ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Yanvarning 8 kunida budjet taqchilligi yillik kutilmaning 20 foiziga yetgandi. Shundan so‘ng Iqtisodiyot vazirligi daromad va xarajat bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi.

OAV: Rossiyadan O‘zbekistonga yiliga 6 mlrd kub metr gaz yetkazib berilishi mumkin
17 iyun 2023, 18:32

OAV: Rossiyadan O‘zbekistonga yiliga 6 mlrd kub metr gaz yetkazib berilishi mumkin

Yangi shartnoma bo‘yicha Rossiyadan O‘zbekistonga quvur orqali qariyb 6 mlrd kub metr gaz yetkazib beriladi, deb yozmoqda “Kommersant’”. Tahlilchilarga ko‘ra, “Gazprom” gazi O‘zbekistonga o‘z ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi, biroq Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha shartnomani bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importi uchun infratuzilma tayyorlamoqda
3 mart 2023, 15:35

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importi uchun infratuzilma tayyorlamoqda

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi Rossiyadan «import qilinadigan tabiiy gaz hajmi ichki transportirovka hajmlariga aralashmasligi uchun» o‘z infratuzilmasini tayyorlamoqda, deb ma’lum qildi «O‘ztransgaz».

Yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, gaz bilan bog‘liq muammolar yechiladi — Sherzod Xodjayev
9 dekabr 2022, 17:19

Yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, gaz bilan bog‘liq muammolar yechiladi — Sherzod Xodjayev

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida kerakli hajmda elektr energiyasini ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u qazib olinayotgan gaz to‘liq ichki iste’molga yo‘naltirilayotganini aytdi.

Rossiya gaz yetkazish evaziga siyosiy shartlar qo‘ymaydi — Putin matbuot kotibi
8 dekabr 2022, 17:47

Rossiya gaz yetkazish evaziga siyosiy shartlar qo‘ymaydi — Putin matbuot kotibi

Vladimir Putinning O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan «uch tomonlama gaz ittifoqi» to‘g‘risidagi taklifi siyosiy shartlar evaziga gaz yetkazib berishni nazarda tutmaydi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. «Bu tijorat manfaatlarini muvofiqlashtirish haqida», — dedi u.

Gaz importidan qo‘rqish kerak emas — «O‘ztransgaz» rahbari
18 may 2022, 17:20

Gaz importidan qo‘rqish kerak emas — «O‘ztransgaz» rahbari

«O‘ztransgaz» rahbari Behzot Normatov O‘zbekiston qazib olish hajmi kamayishi va ichki talab ortishi ortidan gazni import qila boshlaganini aytdi. «Import qilishdan hech qachon qo‘rqish kerak emas. Iqtisodiyotimiz to‘xtamasligini xohlasak, biz kafolatlangan energoresurslarni zaxirasi bilan birga ta’minlab berishimiz kerak», — deya ta’kidladi u. 2021 yilda O‘zbekistonda gazni import qilish qiymat jihatidan 3 baravarga oshdi.

Gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan 1 trln so‘m subsidiya ajratiladi
28 oktabr 2021, 15:34

Gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan 1 trln so‘m subsidiya ajratiladi

Senatorlar davlat budjetiga o‘zgartishlar kiritish orqali Enegretika vazirligiga «respublika iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiiy gaz sotib olish va sotishning o‘rtacha bahosidagi farqni qoplash uchun subsidiya» sifatida 1 trln so‘m ajratishni ma’qulladi.

Tabiiy gaz importchilari bojxona bojini to‘lashdan ozod qilindi
7 oktabr 2021, 10:18

Tabiiy gaz importchilari bojxona bojini to‘lashdan ozod qilindi

Tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasining nol foiz miqdorida belgilangani, tabiiy gaz importchilarining bojxona bojidan ozod qilinayotgani, geologiya-qidiruv va izlanish ishlarining qator soliq va to‘lovlardan ozod qilinayotgani va boshqa yangiliklar — prezident yer qa’ridan foydalanuvchilarni soliqqa tortish bo‘yicha yangi farmonni imzoladi.

O‘zbekistonda oltita kimyo-texnologik klaster barpo etiladi
31 avgust 2021, 09:13

O‘zbekistonda oltita kimyo-texnologik klaster barpo etiladi

Prezident 2026 yilga kelib O‘zbekistonda oltita kimyoviy texnologiya klasteri tashkil etilishini ma’lum qildi. Ulardan birinchisi «Navoiyazot»da, qolganlari Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatlardan gaz sotib olinishiga ham izoh berdi.

Elektr energiyasi va gaz importi bo‘yicha monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda
18 yanvar 2021, 18:24

Elektr energiyasi va gaz importi bo‘yicha monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 1-martdan gaz importi uchun belgilangan bojxona bojini bekor qilish, elektr energiyasi va gaz ulgurji bozorini shakllantirish orqali sohadagi monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting